Botir Kobilov

Uzbekonomics

Education UZ ↓ 66 episodes

Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.

Author

Botir Kobilov

Category

Education

Podcast website

botir.podbean.com

Latest episode

Jun 12, 2026

Where to listen?

Podcasts in the app Replaio Radio Coming soon

Podcasts are coming to the app soon. Install now and be the first to see a whole new take on podcasts

Get it on Google Play Install for free Android 5M+ downloads · 4.8 rating iOS soon

Episodes

16 - Energiya subsidiyasi haqida 17.05.2022
15 - Elon Musk, talabalarga kredit, import hisobi va Qo’qon haqida 04.05.2022

Podkastimizning har bir epizodida endi dunyo va O'zbekistonda oxirgi hafta mobaynida dolzarb bo'lgan 2-3 ta mavzu haqida suhbatlashamiz. Bugun Twitterni Elon Musk tomonidan sotib olinishi, Yalpi ichki mahsulot va import haqida navbatdagi hatolar va AQShda talabalarga kreditlar haqida suhbatlashdik.  Epizod 3 May kuni yozildi.

14 - Ukraina. Urush. Sanksiyalar. O’zbekistonga ta’sir. 01.03.2022

Urush har doim yomon!  Bugungi epizodimizda Ukrainadagi urush, Rossiyaga sanksiyalar, O’zbekiston uchun qisqa-o’rta muddatda ularning ta’siri va bu o’z iqtisodiyotimiz manfaati uchun qanday turtki bo’lishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.

13 - Davlat xizmatlari sifati haqida. 19.02.2022
12 - Nega yo‘llardagi avariyalarda juda ko’p odam vafot etmoqda? 09.02.2022

Yo‘llardagi avariyalarning daxshatli raqamlari, yo'l harakati xavfsizligi (yana), o'limlar, sabab-oqibatlar, rag'batlar, sug'urta va piyodalar uchun eng rasvo infratuzilma haqida suhbat.

11 - Rivojlanishdan avval shikastlangan ekologiya 06.11.2021

O'zbekiston qanday qilib rivojlanishdan avval ekologiya, atrof-muhitga zarar yetkazishda "erishdi?" Daraxtlar, ko'llar va bo'glarning muhimligi haqida avvalroq gaplashgan bo'lsakda, oxirgi 2-3 kun mobaynida mamlakat chang-bo'ron oqibatlari bilan yashayotgan paytda ushbu mavzuga yana bir bor to'xtalishga qaror qildik.

10 - Grin karta - raqamlar, sabab va oqibatlari haqida 03.11.2021

Ushbu epizodda biz Grin karta, mehnatga layoqatli ishchi kuchining qancha qismi ketishga "moyil", uning sabab va oqibatlari haqida gaplashdik.

9 - Avtomobillashtirish siyosati, yo'llarning kengayishining salbiq oqibatlari va asossiz o'limlar haqida 16.06.2021

Agar to’rt oy ichida bir mamlakatda ikkita Boeing samolyoti falokatga uchrasa, necha hafta motam tutilar edi? Nega yo’llarni kengaytirish tirbandlikni qisqartirmaydi, balki aksincha ko’paytiradi? Yo’llarda va shaharsozlikda tartibga kelishida hokimlarning saylanishi muhimligi qanday? Shu va boshqa savollar haqida suhbat.

8 - Fiskal siyosat va davlat xarajatlari 20.04.2021

Podkastimizning navbatdagi epizodi fiskal siyosat va davlat xarajatlari hajmi haqida bo'ldi.

7 - Xabar beruvchilar va hushtakni chalish haqida 14.04.2021

Ingliz tilida bir so’z bor: whistleblower. Uni o’zbek tiliga xabar beruvchi deb tarjima qilinsa kerak. Yoki, ba’zilar ularni chaqimchilar deb yoki boshqacha ta’riflashadi. Behzod bilan podkastimizninig navbatdagi sonini aynan shu mavzuda qilishga qaror qildik. Suhbatimizni xabar beruvchilar, ularning iqtisodiyot va jamiyat uchun muhimligi, kundalik hayotda, xususiy va davlat sektorida nopok, firib...

6 - Korrupsiya haqida 07.03.2021

Korrupsiya, uning sabab, oqibatlari, yechimlari va hamda iqtisodiy taraqqiyot haqida suhbat. Mehmonimiz Nodir aka Zakirov huquqshunos, Jahon Banki Korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasida tergovchi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mutaxassis.

5 - Davlatning ishtiroki va aralushivi aynan kerak bo'lgan holat 10.02.2021

Biz davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotda aralushivi haqida ko'p gapiramiz. Shunday soha borki, unda davlatning ishtiroki, aralashuvisiz natijaga erishib bo'lmaydi. Ushbu epizodda ijtimoiy tovar va xizmatlar, shu jumladan, toza havo, suv va shahar parklarini aholiga ta'minlashda haqida suhbatlashdik.

4 - Bozor iqtisodiyoti va markaziy boshqaruv: vaktsina birinchi kimga tegishi kerak? 06.02.2021

Ushbu epizodda bozor va buyruqbozlik iqtisodiyotlarii sharoitida Covidga test, vaktsina, byurokratiya haqida suhbatlashamiz. Shu bilan birga, fitna nazariyasi, u qayerdan chiqib kelishi mumkinligi haqida ham gap boradi. Obuna bo'ling, ulashing.

3 - Podkast qaytmoqda: "Big tech", Facebook, Tramp va so'z erkinligi haqida 20.01.2021

1.5 yarim yillik tanafusdan so'ng podkast qaytmoqda. Biroz yangiroq formatda, Botir Kobilov va Behzod Hoshimov birgalikda ma'lum bir aktual mavzu bo'yicha muntazam ravishda suhbat olib boradilar. Hozircha har hafta. Ushbu epizodda "big tech", Facebook ustidan sud ishi, ushbu sohadagi raqobat, Tramp va so'z erkinligi haqida gap boradi. Obuna bo’ling.

2 - Savdo va protektsionizm (2-qism) 31.08.2019

Erkin savdo yoki protektsionizm? Iqtisodchilar bunga nima deydi? O'zbekistonda qaysi birini qo'llash kerak? Behzod Hoshimov bilan ushbu mavzular haqida gaplashamiz va jamiyatimizda mavjud stereotiplarni buzishga harakat qilamiz. Ikkinchi qism.

1 - Savdo va protektsionizm 21.08.2019

Erkin savdo yoki protektsionizm? Iqtisodchilar bunga nima deydi? O'zbekistonda qaysi birini qo'llash kerak? Behzod Hoshimov bilan ushbu mavzular haqida gaplashamiz va jamiyatimizda mavjud stereotiplarni buzishga harakat qilamiz. Birinchi qism.

Listen to the Uzbekonomics podcast in Replaio

Radio and podcasts in one app - free, with no sign-up. Install today and do not miss the launch

Get it on Google Play

Replaio is not a podcast publisher; show names, artwork and audio belong to their authors and are distributed through public RSS feeds.