Botir Kobilov
Uzbekonomics
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.
Author
Botir Kobilov
Category
Podcast website
Latest episode
Jun 12, 2026
Where to listen?
Podcasts in the app Replaio Radio Coming soonPodcasts are coming to the app soon. Install now and be the first to see a whole new take on podcasts
Episodes
41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik. 11.04.2024 1:40:51
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy...
40 - Shahar ichidagi universitetlar, xususiy universitetlar nazorati va amaliyotchilar maoshi 01.03.2024 1:41:52
Ushbu epizodda uchta, lekin o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik va munozara qildik: 1) Nima uchun universitetlar shaharlar ichida bo'lishi kerak? 2) Xususiy universitetlar ko'payishi nima uchun yaxshi jarayon va ularning sifatiga kim yaxshiroq baho bera oladi? 3) Mehnat bozorida amaliyot o'tayotgan stajyorlar uchun ish beruvchilar maosh to'lashlari kerakmi yoki bepulga ishlashlari...
39 - Proteksionizm (yana), o'zbekistonlik ishchilarga viza masalasi va ekologiya (yana) haqida 13.02.2024 1:21:40
Ushbu epizodda uchta dolzarb mavzu haqida suhbatlashdik. Proteksionizm haqida yana bir bor munozara qilishga majbur bo'ldik. Ushbu mavju g'arbda ham, O'zbekistonda ham kun tartibida turibdi. Bundan tashqari, oxirgi haftalarda o'zbekistonlik ishchilarga oid ijobiy yangiliklarga to'la bo'ldi - bir qancha mamlakatlarda o'zbekistonlik ishchilarga talab va kvotalar oshayotgani haqida, va umuman o'zbeki...
38 - Yoʻllardagi oʻlimlar: Oʻzbekistonda avtohalokatlar kamayishi uchun jarimalar oshishi kerak. 08.12.2023 1:19:15
Bu safardagi podkastimizda, afsuski doim dolzarb boʻlib turadigan mavzu — avtohalokatlar haqida gaplashdik. Asosiy mulohaza yoʻl qoidalariga rioya qilmaydigan insonlarni ragʻbatlari haqida edi. Yaʼni, qanday qilib yoʻllarda avtohalokatlar va haydovchilarni ragʻbatlari bogʻliqligi haqida. Aksar haydovchilar, yoʻl qoidalarini yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay sistematik ravishda buzib kelishadi...
37 - Immigratsiya - inson kapitalini oshirishga rag’bat 07.11.2023 1:02:43
Ushbu sonda, istalgan mamlakatdan malakali insonlar chet elga vaqtincha yoki butunlay chiqib ketishlari nima uchun meynstrimda ko'pincha aytilganidek o'sha mamlakat uchun qo'rqinchli darajada muammo emasligi haqida suhbatlashdik. Suhbat asosida yaqinda chiqqan tadqiqot va avvalgi tadqiqotlar bo'ldi. Mavjud tadqiqotlarda asosan malakali insonlar chiqib ketishini aynan o'sha malakali insonlarga yoki...
36 - Prezident bilan uchrashuv taassurotlari 22.09.2023 32:59
Maxsus son. Podkast yozilgan sana: 19 — Sentyabr, 2023
35 - Kapital bozor turlari: ommaviy va xususiy (public vs private markets) 01.09.2023 56:26
Ushbu epizodda avvalgi suhbatimizni davom ettirib, kattaroq mavzu haqiga suhbatlashdik. Ya’ni, kapital bozorning ikki turi - ommaviy va xususiy bozorlar (public and private markets), ularning farqi, funksiyalari, ikkala bozordagi kapitalning tadbirkorlarlikka o'rni, investorlarning kutilmalari haqida suhbatlashdik. Podkast davomida kapital bozorning mamlakat iqtisodiy o'sishga ta’siri, va kapital...
34 - Fond bozori, korxona aksiyasi narxi va ijtimoiy tarmoqlardagi maslahatchilar 14.08.2023 59:42
Bugungi epizodimiz qimmatli qog'ozlar bozori haqida bo'ldi. Fundamental tushunchalar - fond bozorida korxona aksiyasi qanday shakllanishi va narxi nimalarga qarab tebranishi haqida suhbatlashdik. Bozorda muhim funksiyani bajaradigan izlanuvchi/tadqiqotchi moliyaviy jurnalistlar va "short-seller" haqida ham suhbatlashdik. So'ng, individual aksiyalarni sotib olish kerakmi, bunday qaror chiqarishda i...
33 - Suv tanqisligi. Yechim bormi? 25.07.2023 1:28:01
Podkastimizning ushbu epizodi suv haqida. Nafaqat O'zbekistonda balki mintaqamizda suv, ayniqsa ichimlik suv masalasi juda dolzarb bo'lib bormoqda. Asosan iqtisodiy nuqtai nazardan muammo va yechimlar atrofida suhbatlashib, suvning taqchilligi, yetqazish jarayoni va iste'moldagi isrofi, taqsimlash va narxlash siyosatlari haqida ham gaplashdik. Podkast olingan sana: 18 — Iyul, 2023
32 - To’qlikka- sho’xlik: Amerikadagi anti-amerikanizm haqida 05.07.2023 58:29
Podkastimizning navbatdagi epizodida Amerikada hozirda biz kuzatayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy nazardan anti-amerikanizm sentimenti haqida suhbatlashdik. Bu fenomen ayniqsa texnologiyalar sohasida faoliyat olib boradigan va jamoatchilikda ko'zga ko'ringan tadbirkorlar va investorlarda kuzatilmoqda. Tashqaridagi anti-amerikanizm emas, aynan ichkaridagi anti-amerikanizmning sababi nima degan...
31 - Bugungi kun bank inqirozlari 16.06.2023 1:12:22
Podkastimizning navbatdagi epizodida banklardan pul qochishi sabablari, mohiyati va oqibatlari haqida suhbat qildik. Bunda regulyatorning o'rni, rag'batlar tizimi, va depozitlarni sug'urtalashning sabablari haqida ham gaplashdik. Suhbat davomida yaqinda inqirozga uchragan AQShdagi Silicon Valley Bank va First Republic Banklar voqealari, ularning hal bo'lishidagi federal hukumatning o'rni va kelaja...
30 - Sun’iy intellekt va bashorat mashinalari 24.04.2023 1:28:06
Podkastimizning navbatdagi epizodida sun’iy intellekt va bashorat mashinalari, ularning istiqbollari, iqtisodiyotga, mehnat bozoriga, tadbirkorlikka va jamiyat kundalik hayotiga ta’siri haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, sun’iy intellektning ba'zi salbiy ta’siri haqida ham suhbatlashdik. Ikkalamiz bu mavzuga alohida tayyorlanganligimiz sababli suhbat o’zimizga ham qiziq bo’ldi. Umid qilamizki...
29 - To’ylarga xarajat qilishning iqtisodiy mantig’i 17.01.2023 53:33
Bugungi epizodda to’ylarga xarajat qilishning iqtisodiy mantig’i haqida suhbatlashdik. To'y xarajatlari va boshqa hashamatli tovarlar va xizmatlarning iste'moli insonlarning jamiyatdagi o'z ijtimoiy-iqtisodiy mavqeilarini, pog'onadagi o'rinlarini ko'rsatishning bir usuli sifatida qaralishi mumkin.
28 - Qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarmaylik 10.01.2023 55:19
Bugungi epizodda qarorlarni niyati bilan emas, biz xohlamagan asoratlarini va oqibatlarini o’rganishimiz kerakligi haqida suhbatlashdik.
27 - Narrativlarning jamiyatni tashkil qilishda, inson xatti-harakatlarini tushuntirishda o’rni 04.01.2023 1:00:35
Insonlar ishonadigan va dunyoni tushunish uchun foydalanadigan narrativlar (rivoyatlar, hikoyalar) ularning dunyoqarashiga va iqtisodiy xatti-harakatlariga bevosita ta'sir qiladi. Narrativlarga insonlar hissiy jihatdan jalb qilinadilar, va faktlarni tanqidiy baholash ehtimoli kamayadi. Bugungi dasturda narrativlar qanday paydo bo'ladi, qanday tarqaydi, bunda inson psixologiyasi qanday o'rin egalla...
26 - Fitna nazariyasi, ular qanday paydo bo’ladi, kimlar va nega ishonadilar? 23.11.2022 55:19
Fitna nazariyasi o'zi nima? Ular qachon paydo bo'ladilar? Kim ularni tarqatadi va kimlar ularga ishonadi? Fitna nazariyalariga kim ishonishini qanday shaxsiy xususiyatlar tushuntirishi mumkin? Shu savollarga javob topish uchun avval o'zimiz mustaqil ravishda izlanib, o'qib ko'rdik va podkast doirasida topilmalarimiz bilan ulashdik, suhbatlashdik. Ba'zi savollar haligacha ochiq qoldi. Epizodda yang...
25 - ”Narxni oshirish taqiqlansin!” 08.10.2022 48:14
Hozirda butun dunyoda ba'zi tovar va mahsulotlarga talabning va narxlarning keskin oshishi, va inflyatsiya dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ushbu hafta mobaynida dunyoning turli chekkalarida shunday misollarni ko'rish mumkin bo'ldi: Kaliforniyadagi baland benzin narxlari va inflyatsiya bilan kurashish yo'lida inflyatsiyani yanada oshiradigan vositani, Belorusda narxlarni oshishiga qarshi buyruqni,...
24 - Mamlakatlar boyiligi manbasi — insonlar 28.09.2022 1:20:43
Ushbu epizodda hozirda dolzarb bo'lgan mavzu, inson kapitalining mamlakatlar rivojiga hissasi haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida millati va pasportidan qat'iy nazar, turli toifa va malakaga ega bo'lgan immigrantlar, qochoqlarning mezbon mamlakatga, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri haqida to'xtalib o'tdik. Immigrantlarning iqtisodiyotda qo'shimcha qiymat yarata olishi, fikrlar,...
23 - Tashabbusli byudjet, parlamentarizm, markazsizlashtirish va jazo muqarrarligi 14.09.2022 1:08:50
Oxirgi haftalarda tashabbusli byudjet (Openbudget) haqida qarama-qarshi fikrlar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa ovoz berish/yig'ish jarayoni haqida turli fikrlar mavjud. Bugungi epizodda soliqlar taqsimotida faol ishtirokning muhimligi, nima uchun ushbu loyiha va g'oya mamlakatda parlamentarizmni keyingi bosqichga olib chiqishi haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, markazsizlashtirish, jazo muqarrarligi...
22 - Mustaqillik g’oyasi. Taʼlim kreditdan bankrotlik jarayonida nega voz kechish mumkin emas? 04.09.2022 1:09:47
Epizod boshida mustaqillik haqida qisqa suhbatlashdik. Ayting-chi, siz uchun mustaqillik nimani anglatadi? Izohlarda yozib qoldiring. Bu safargi suhbatimiz Baydenning aholida yigʻilib qolgan talabalik kreditlarining maʼlum qismidan voz kechish haqidagi qarori, uning mohiyati, koʻlami, taʼsiri haqida boradi. Bu mavzu umuman imtiyozlar, byudjet, fiskal siyosat mavzulariga juda yaqin. Oʻzbekistondagi...
21 - G’olib bo’lgan sportchilar, olimpiadachilar va boshqalarga davlat mukofot puli berishi kerakmi? 20.08.2022 53:29
Bu safargi suhbatimiz ko’pchilik uchun tanish bo’lgan mavzu haqida. Istalgan xalqaro musobaqada qatnashadigan va g’olib bo’ladigan o'zbekistonliklar atrofida kun tartibiga chiqadigan asosiy mavzu bu g’oliblarga qanday sovrin berilishi. Suhbat siz ko’p marotaba eshitgan fiskal siyosat, davlat xarajatlari xususiy xarajatlarni siqib chiqarishi mumkinligi, va cheklangan resurslar taqsimoti mazvulari a...
20 - Tirbandlik narxi, sud hokimiyati mustaqilligi va inflyatsiyani jilovlash. 13.08.2022 1:23:09
Bu epizoddan boshlab podkastimiz video formatda ham olib boriliadi. YouTubeda ko'rin va obuna bo’ling. Bugun, yo’llardagi tirbandlikning yechimi, sud hokimiyatining mustaqilligi naqadar muhimligi va AQShda inflyatsiya darajasini jilovlashga qaratilgan qonun aslida nimalarni o’z ichiga olganligi haqida suhbatlashdik. Podkast olingan sana: 12 - Avgust, 2022
19 - Oqibatlar bilan kurashish. Bank xizmatlari davlat xizmatlari emasligi haqida 13.07.2022 39:47
Oqibatlar bilan kurashish, bank xizmatlari bu davlat xizmatlari emasligi, naqd pulga bo'lgan talab va boshqalar haqida
18 - Kripto, inflyatsiya, futbolga chipta - bu hafta mavzulari 23.06.2022 1:06:13
AQShda inflyatsiya, bozordagi axvol, bitkoyn, futbolga chipta narxlari haqida 23 iyunda yozilgan suhbat. Eslatma: podkastimizda bizga qiziq bo'lgan va hozirda aktual mavzular haqida erkin suhbatlashamiz.
17 - Tugamaydigan mavzu: narxlarga aralashuv va boshqalar 04.06.2022 1:08:15
May oyidagi oxirgi epizodimiz..
Similar podcasts
Replaio is not a podcast publisher; show names, artwork and audio belong to their authors and are distributed through public RSS feeds.