Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, Lazizbek Hamidov
Lolazor Podcast
Different views on surrounding realities
Author
Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, Lazizbek Hamidov
Category
Podcast website
Latest episode
Jun 15, 2026
Where to listen?
Podcasts in the app Replaio Radio Coming soonPodcasts are coming to the app soon. Install now and be the first to see a whole new take on podcasts
Episodes
#64 O‘ZBEKISTON GURUHDAN CHIQADIMI? XAYRULLA HAMIDOV – LOLAZOR podcast 15.06.2026 2:05:10
Podkastimizning 64-sonida taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov mehmon bo‘ldi (diqqat: suhbat 6-iyun kuni yozib olingan). Biz ustoz sharhlovchining Amerika safari oldidan futbol, xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi, O‘zbekiston chempionati, Jahon chempionati favoritlari haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, podkast davomida Xayrulla Hamidovning ozodlikdan mahrum qilingan yillari, “Real” – “Bar...
#63 UY-JOY MUAMMOSI, MTJ FORMASI, TUGATILAYOTGAN SENZURA VA ARMANISTON – Lolazor podcast 07.06.2026 2:01:37
Va nihoyat, bir necha oydan so‘ng “Lolazor” jamoasi to‘liq tarkibda yig‘ildi. Podkastimizning yangi sonida Toshkentdagi uy-joy oldi-sotdisi va qurilishi, ijara bozori, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi formasi, shaharlarimizda sezilmayotgan Jahon chempionati shukuhi, kichik biznesga oid qabul qilingan qaror, Armanistondagi so‘nggi voqealar va boshqa qiziqarli mavzularda su...
#62 TARIXDAN TO‘G‘RI XULOSA CHIQARGAN NEMISLAR – Lolazor Germaniyada 23.05.2026 2:51:31
Lolazor jamoasi Germaniyada bo‘lib qaytdi va u yerdan tayyorlangan dastlabki videoni e’tiboringizga havola etadi. Biz bu safar odatiy formatimizdan chekinib, kuzatuvchilar uchun qiziqarli va foydaliroq kontent tayyorlashga harakat qildik. Ushbu video davomida 4 rezident Germaniyani 4 xil rakursdan ko‘rsatib beradi. Ularda iPhone Air yutib olish imkoniyati bor – uni qaysi rezidentga berishni esa s...
# 61 “PESHLAVHALAR QIRG‘INI”, NAQDSIZ TO‘LOVLAR, 3 SMENALI MAKTABLAR VA HUSANOV EFFEKTI – Lolazor 29.03.2026 2:05:29
“Lolazor” podkasti davom etadi. Podkastimizning yangi sonida poytaxtdagi bekatlar va peshlavhalar “qirg‘ini”, naqdsiz to‘lovga o‘tish va buning narxlarga ta’siri, maktablar yetishmovchiligi va ularning yo‘llardagi tirbandlikka sababchi bo‘layotgani, o‘zbek futbol klublariga davlat budjetidan ajratilayotgan pullar va Husanov effekti haqida suhbatlashdik. Ha aytgancha, bu sonda maxsus tanlov e’lon q...
#60 QURILISH VAZIRI – BOSH REJA, RENOVATSIYA, ESKROU, NOQONUNIY QURILISHLAR HAQIDA – Lolazor podcast 12.03.2026 2:55:10
Uzoq tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. 2026-yildagi dastlabki mehmonimiz Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov bo‘ldi. Biz vazir bilan oxirgi paytlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan Bosh reja, renovatsiya, shaharlarning bo‘yiga o‘sishi, noqonuniy qurilishlar, Qurilish vazirligining raqamlashtirish ishlari, qurilish kompaniyalari, yangi uy-joylar va ularning shartn...
#59 MAXSUS SON: 2026-YILDA BIZNI QANDAY O‘ZGARISHLAR KUTYAPTI? – Lolazor podcast 01.01.2026 1:59:43
2026-yilning ilk “Lolazor” podkasti efirda! Biz 2025-yilning oxirgi kunlarida suratga olingan podkasti Prezidentning murojaatnomasi haqida bo‘ldi. Video davomida ushbu murojaatda qanday signallar berilgani, yangi yilda bizni qanday o‘zgarishlar kutayotgani va umidlar haqida suhbatlashdik. Mundarija: 00:00 – Tizer 02:06 – Biz yana efirdamiz 04:55 – Endi o‘z kosmonavtimiz bo‘ladi 10:00 – Strategiy...
#58 OLTIN OSHSA, FAROVONROQ YASHAYMIZMI? Lolazor podcast 27.12.2025 2:14:00
“Lolazor” podkastining yildagi eng oxirgi sonlaridan birni suratga oldik. Ushbu sonda biz 2025-yilni sarhisob qilib, 2026-yildan umidlarimizni bildirdik. Podkast davomida biz yaponcha “tax free” tizimi, yaponcha byurokratiya va tizim sababli yuzaga keladigan qiziq holatlar, oltin oshishi va uning iqtisodiyotga ta’siri, deyarli unutilgan “Dok-1 Maks” ishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdi...
#57 O‘TGAN SON TAHLILI, O‘ZBEKISTONNING JCHDAGI RAQIBLARI VA YO‘LLAR HAQIDA O‘YLAR. Lolazor 14.12.2025 2:02:19
Lolazor podkastning navbatdagi sonida 3 kishi yig‘ildik. Biz bu safar Karim Bahriyev bilan suhbat va uning atrofida bo‘lgan gaplar, viloyatlarni bog‘lovchi magistral yo‘llardagi muammolar, shahardagi o‘rtacha tezlik haqida suhbatlashdik hamda poyezd va samolyot chiptalari narxlarini solishtirib ko‘rdik. Shuningdek, video davomida Muhrim A’zamxo‘jayevning yangi ish joyi, gazeta va jurnallarning taq...
#56 KARIM BAHRIYEV – ISLOM KARIMOV, SENZURA, “HURRIYAT” VA ZAPRETLAR HAQIDA. Lolazor podcast 07.12.2025 2:20:27
Lolazor podkastining navbatdagi sonida taniqli jurnalist, yozuvchi va sobiq deputat Karim Bahriyev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Islom Karimov shaxsiyati, uning faoliyati, senzuralar va senzorlar, “Hurriyat” gazetasi tarixi, matbuot, adabiyot, ta’qiqlar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik.
#55 “PANDEMIYA REJIMI”GA QAYTISH, OSHKORA TOVBA QILISH VA OZARBAYJONNING MO GA QO‘SHILISHI – Lolazor podcast 01.12.2025 2:21:21
“Lolazor” podkastining navbatdagi, 55-sonini suratga oldik. ChatGPT mehmonimizga aylangan epizodimizda biz Toshkentdagi ekologik vaziyat, sabab va oqibatlarni tushunish, ingliz huquqlari asosida ishlovchi hudud nima ekani, universtitetlar shahardan tashqariga ko‘chirilishi va ularning binolari sotilishi, persona non grata ro‘yxatini tezroq shakllantirish, Javohir Sindarov va “Neftchi” chempionlikl...
#54 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH, HAMMANI “AKA, AKA” DEYISH VA BOLALAR PULINI KESMASLIK HAQIDA – Lolazor 30.11.2025 2:02:27
Biroz tanaffusdan so‘ng yana podkast suratga oldik. Bu safar uch kishi yig‘ilib, ko‘p mavzularni muhokama qildik. Jumladan, o‘lim jazosining ikkinchi tarafi, Markaziy Osiyoda suv va energiya masalasi, ijtimoiy davlat qanday bo‘lishi kerakligi, davlat birinchi marta ifloslangan havodan ogohlantirgani, hammani “aka-aka” deyish kerakligi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Mundarija: 00:00...
#53 YEVROPAGA VIZA OSONLASHADI, LOTINGA-KU OʻTYAPMIZ, LEKIN YOMGʻIR YOʻQ, YOMGʻIR. Lolazor podcast 26.10.2025 1:28:07
Qatorasiga bir necha marta mehmonli sonlar o‘tkazgandan so‘ng o‘zimiz suhbatlashishga qaror qildik. Lolazor podkastining 53-sonida biz turli mavzularda gaplashdik, xususan, Yevropaga viza masalalari osonlashishi, sun’iy intellekt va undagi o‘zbek tili, 1000KITOB’ning uzoq kutilgan kitoblari, Yevropada skuterlarga haydovchilik guvohnomasi olish tartibi haqida gap bordi. Va albatta, deyarli an’anaga...
#52 OLDINGI VA HOZIRGI ADABIYOT, O‘ZBEK TILI VA BUGUNGI JAMIYAT – ULUG‘BEK HAMDAM. Lolazor podcast 19.10.2025 2:27:29
Lolazor podkastining 52-sonini ham mehmon bilan o‘tkazishga qaror qildik. Bu safargi mehmonimiz yozuvchi va tarjimon Ulug‘bek Hamdam. Biz u bilan adabiyot, she’riyat, yozuvchi va mualliflar, o‘zbek adabiyoti va o‘quvchisining hozirgi holati, zamonaviy yozuvchilar, o‘zbek tili hamda bugungi jamiyatning tashxisi haqida suhbatlashdik. Taymkod: 00:00 – Tizer 01:41 – Boshladik 03:17 – Lolazor bo‘lsa n...
#51 AQSHGA TASHRIF, JURNALISTIKA VA KARIMOV DAVRIDAGI FAOLIYAT — SHERZODXON QUDRATXOʻJA. Lolazor 06.10.2025 2:10:45
“Lolazor” podkastining navbatdagi sonida O‘zJOKU rektori va Milliy media assotsatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Prezidentning AQShga tashrifi, hozirgi va avvalgi jurnalistika, Press klub, Islom Karimov va uning davridagi faoliyati hamda boshqa mavzularda suhbatlashdik.
#50 ISLOM KARIMOV, “HURRIYAT”, ADABIYOT VA FUTBOL — XURSHID DOʻSTMUHAMMAD BILAN SUHBAT — Lolazor podkast 28.09.2025 2:33:03
Bu – “Lolazor” podkastining 50-soni. Biz ushbu yubiley songa yozuvchi, jurnalist Xurshid Do‘stmuhammadni mehmon sifatida taklif etdik. Video davomida birinchi prezident davri, u bilan xotiralar, “Hurriyat” gazetasi bosh muharrirlidagi qiziq voqealar, adabiyot va yozuvchilar, futbol va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Bu safargi sonning yana bir e’tiborli jihati shundaki, ushbu sonda bar...
#49 YO‘LLAR, TA’LIM TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLAR, IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI HAQIDA O‘YLAR – Lolazor podcast 14.09.2025 1:58:00
Qisqa tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. Bu safar O‘zbekiston yo‘llari, Olmaota va Toshkent infrotuzilmasi, ijtimoiy himoya tizimidagi muammolar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, ismli avtoraqamlar va boshqa dolzarb mavzular haqida suhbatlashdik. Shuningdek, Muhrim A’zamxo‘jayev “gul voqeasi” bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.
#48 VAZIRLIKLARDA KO‘PROQ VAKOLAT VA MUSTAQILLIK BO‘LISHI KERAK – ODILBEK ISAKOV | Lolazor podcast 25.08.2025 2:09:38
Podkastimizning navbatdagi soni mehmoni – “Finasia Capital” konsalting kompaniyasi rahbari, sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov bo‘ldi. Biz mehmon(lar) bilan UZIMEI, bojlar, banklar transformatsiyasi, iqtisodiy o‘zgarishlar, Isakovning Buyuk Britaniyadagi faoliyati va hayoti haqida suhbatlashdik.
#47 TARIX DARSLIGIDA ISLOM KARIMOVNING O‘LIMI HAQIDA NIMA DEYILGAN? – Lolazor podcast 17.08.2025 1:56:58
Lolazor podkastining navbatdagi soni maxsus mehmoni – Otabek Bakirov. Biz bu safar tarix, raqamlashtirishdagi muammolar, iqtisodiyot raqobatbardoshligi, shaharda tezlik 80 km/sgacha ko'tarilishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik hamda talab va taklif qonuniyatining amaliy misollarda ko'rib chiqdik.
#46 IZOHLARGA JAVOBLAR, “ENERGOHANGOMALAR” VA HAFTA MAVZULARI — Lolazor podcast 03.08.2025 1:15:50
“Lolazor” podkastining 46-sonida sizlar yozgan izohlarni ko‘proq o‘qishga harakat qildik, shuningdek, xususiy universitetlar, futbol, sun’iy intellekt, podkastdagi ehtimoliy o‘zgarishlar va hokazolar haqida suhbatlashdik. Va albatta, “qadrdon” mavzular – yo‘llardagi muammolar va energetika haqida ham unutmadik.
#45 Daraxt kesish, qurilish bozoridagi lobbizm, GPT-qarorlar va yana yo‘llar – Lolazor podcast 20.07.2025 2:06:22
“Lolazor” podkastining 45-sonida ko‘plab talab va istaklarga binoan Otabek Bakirov mehmon bo‘ldi. Biz ushbu sonda daraxtlar qadri, qurilish bozoridagi lobbizm va palapartishliklar, tungi iqtisodiyot, AI-80 benzinidan voz kechish, “GPT-qarorlar”, YHXga oid yaxshi/yomon o‘zgarishlar va ko‘plab boshqa mavzularda suhbatlashdik.
#44 ROSSIYA-OZARBAYJON, TOSHKENT QURILISHLARI, PREZIDENT VA YOSHLAR – Lolazor podcast 06.07.2025 1:25:47
“Lolazor” podkastining 44-sonida Yangi va eski Toshkent, turli hududlardagi qurilishlar, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyat, Klublar o‘rtasidagi JCh, IIB xodimlari imidji, Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi va yana ko‘plab boshqa mavzularda suhbat qurdik.
#43 O‘ZGA SAYYORALIK YAPONLAR — Lolazor Yaponiyada 15.06.2025 2:39:19
Lolazorning navbatdagi soni Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlarida suratga olindi. Unda biz O‘zbekistonning Expo-2025 dagi ishtiroki va noyob paviloni, ikkala yurtni bog‘lab turadigan madaniy rishtalar va yaponlarning nafaqat biz, balki butun dunyodan ilgarilab ketgan jihatlarini muhokama qildik.
#42 ELITAR KORRUPSIYA KUCHAYDIMI YOKI MAISHIY KORRUPSIYA? — Lolazor podcast 11.05.2025 2:15:08
“Lolazor” podkastining 42-soni mehmoni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2010-2017-yillardagi rahbari Bahodir G‘aniyev bo‘ldi. Bahodir aka bilan “Kamolot” davri, deputatlik saylovidagi o‘yinlar, ta’lim tizimi, davlat ishidagi stresslar, elitar va maishiy korrupsiya, to‘ylardagi isrofgarchilik, Lavrovning hurmatsizligi, bolalar tarbiyasidagi og‘riqli muammolar va yana ko‘plab mavzularda suhba...
#41 ROSSIYA MULOZIMI BIZGA NIMA QILISHNI O‘RGATISHGA HAQQI YO‘Q — Lolazor podcast 27.04.2025 1:31:09
“Lolazor” podkastining 41-sonida O‘zbekiston U-17 terma jamoasining chempionligi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi, BAA vizasiz rejimni bekor qilishi mumkinligi, Namanganda radarlar yechilayotgani, jamoatchilik nazoratiga intilishimiz kerakligi, xususiylashtirish to‘g‘risidagi dasturning tasdiqlangani va yana boshqa ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.
#40 BOJLAR BO‘YICHA YANGI NORMALAR, AVIACHIPTALAR MUAMMOSI, PULLIK PARKOVKALAR — Lolazor podcast 23.04.2025 2:12:30
“Lolazor”ning 40-soni mehmoni iqtisodchi Behzod Hoshimov bo‘ldi. Behzod bilan tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirish normalari kuchaytirilayotgani, avia soha muammosi, parkovkalar masalasi, Toshkentdagi o‘zgarishlar, viza hamda migratsiya masalalari va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.
Similar podcasts
Replaio is not a podcast publisher; show names, artwork and audio belong to their authors and are distributed through public RSS feeds.