Temurbek Adhamov

Alohida mavzu

Society RU ↓ 47 episodes

Jamiyatda dolzarb bo’lgan, yoshlar yechimini kutayotgan alohida mavzularni ilmli, ziyoli va mavzu borasida o'z fikriga ega insonlar ishtirokida erkin muhokama qilish, sabab, oqibat va yechimlarini tomoshabinlarga yetkazishdan iborat. "Alohida mavzu" loyihasi jamoasi xulosani faqat sizga qoldiradi!

Author

Temurbek Adhamov

Category

Society

Podcast website

rss.com

Latest episode

Jul 7, 2026

Where to listen?

Podcasts in the app Replaio Radio Coming soon

Podcasts are coming to the app soon. Install now and be the first to see a whole new take on podcasts

Get it on Google Play Install for free Android 5M+ downloads · 4.8 rating iOS soon

Episodes

Juft tanlash, baxtli oila qurish, erkak va ayolning oiladagi vazifalari haqida - #47 07.07.2026

"Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida oilaviy hayotning bosqichlari va saodatli oila qurish uchun bosiladigan qadamlar keng muhokama qilindi Loyiha bilan hamkorlik qilish uchun murojaat qiling: +998915259723 Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) — treyler (00:01:42) — Istanbuldagi uchrashuv va suhbat mavzusi (00:03:33) — Nikohdan oldingi kutuvlar: Erkak va ayol farqi (00:05:34) —...

Instagramda aldanib qolmaslik uchun bu videoni ko’ring! - #46 20.06.2026

"Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida shaxsiy brend va marketing sohalari ekspertlari bilan suhbat bo'ldi, unda soxta ekspertlarni farqlash va shaxsiy brend aslida qanday yuritilishi kerakligi muhokama qilindi. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: Spikerlar: (00:00:00) - Kirish: Zamonaviy marketingning xavfli tomonlari (00:07:20) - Ijtimoiy tarmoqlardagi filtr va kritik fikrlash zaruriyati...

Hozirdan boshlang, keyin o’zingiz sog’lom yashashni istab qolasiz! - #45 20.06.2026

Ushbu sonda sog'lom hayot kechirish, uzoq umr ko'rish sirlari va jismoniy faollikning inson hayotiga ta'siri haqida mehmonlarimiz Bek Olimjon va Aziz Rahimov bilan suhbat qurdik. O'zingiz va farzandlaringiz kelajagi uchun foydali bo'lgan intizom, uyqu va ovqatlanish bo'yicha muhim tavsiyalarni o'tkazib yubormaslik uchun videoni oxirigacha tomosha qiling! Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling...

Qanday qilib yaxshi maktab tanlash mumkin? - #44 20.06.2026

Loyihamizning navbatdagi sonida xususiy maktablar mavzusi muhokama qilindi. Unda maktab rahbarlari Hasanxo'ja Muhammad Sodiq va Javohir Izzatulloh tomonidan ota-onalarda tez-tez uchraydigan savollarga amaliy javob va tavsiyalar berib o'tildi. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) - Treyler (00:02:37) - O'zbekistonda xususiy maktablar (00:04:23) - Nima uchun xususiy ta'limga ehtiy...

O‘smir farzandi bor har bir ota-ona ko‘rishi shart bo‘lgan ko‘rsatuv! - #43 20.06.2026

Ushbu suhbat farzandining kelajagiga befarq bo'lmagan har bir ota-ona uchun muhim qo'llanma bo'lib, gadjetlar dunyosida haqiqiy liderni qanday tarbiyalash sirlarini ochib beradi. Muhammadjon Nuriddin va Bunyod Tal'atov bilan bo'lgan bu suhbatda video o'yinlarga qaramlik sabablari, dofamin qanday ishlashi va farzandlarimiz bilan sog'lom munosabat o'rnatishning amaliy yechimlari haqida bilib olasiz....

Qanday qilib solih ota-ona bo'lish mumkin? Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Doniyor Nasriddinov - #42 01.06.2026

Xalqimiz uchun eng muhim suhbatlardan biri tashkil qildik, unda Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Doniyor Nasriddinov bilan solih ota-ona bo'lishning nozik jihatlari haqida suhbat bo'lib o'tdi. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) - Tarbiya aql bilanmi yoki qalb bilan? (00:02:00) - Qanday qilib solih ota-ona bo‘lish mumkin? (00:04:30) - Ota-onalarning uch xil toifasi (00:11:30) - Ich...

Startaplar uchun pul ko’p, g’oya kam, foydalaning! - #41 20.05.2026

Startaplar va venchur investitsiyalar dunyosi oddiy biznesdan keskin farq qiladigan, tez o‘sish va katta risklar asosidagi tizim ekanligi ushbu epizodda tushuntiriladi. Agar siz faunder bo‘lishni, investitsiya tushunchalarini yoki startap ekotizim qanday ishlashini aniq va real misollar bilan tushunmoqchi bo‘lsangiz, bu suhbat sizga juda foydali bo‘ladi. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling...

Ajrashish arafasidagi oilalar ko'rishi shart bo'lgan ko'rsatuv! - #40 20.05.2026

Oila nega buziladi, nega ayrimlar ajrashgandan keyin afsuslanadi va munosabatlarni saqlab qolish uchun aslida nimalar yetishmaydi — shu savollarga hayotiy misollar bilan chuqur javob berilgan suhbat. Podcast davomida oiladagi murosa, sabr, farzandlar ruhiyati, qarindoshlar aralashuvi va zamonaviy qarashlarning oilaga ta’siri haqida juda muhim fikrlar aytiladi, oxirigacha albatta tinglang. Suhbatni...

Hech kim bilmaydigan, eng chiroyli davlatlar! Jamshidxon Ziyoxonov, Abdulaziz Umarov - #39 10.04.2026

Dunyoqarashingizni butunlay o‘zgartiruvchi va umringizga baraka olib kiruvchi haqiqiy sayohat sirlarini ushbu qiziqarli suhbat orqali kashf eting. Yaponiyaning tartib-intizomidan tortib, Peruning sirli tog‘larigacha bo‘lgan hayratlanarli sarguzashtlar va arzon sayohat qilish bo‘yicha ekspert maslahatlari sizni kutmoqda! Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) - Pasportni o'g'irlati...

Qanday qilib bolani taqiqsiz tarbiya qilish mumkin? Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Aziz Rahimov - #38 10.04.2026

Ushbu suhbat farzand tarbiyasida quruq taqiqlar emas, balki ota-onaning shaxsiy namunasi va o'zaro ruhiy bog'liqlik naqadar muhimligini hayotiy misollar orqali tushuntirib beradi. Unda ota-onalar o'z xatolarini anglashlari va farzandning irodasini sindirmasdan, uni qanday qilib barkamol shaxs qilib yetishtirish mumkinligi haqida qimmatli tavsiyalar berib o'tildi Suhbatni quyidagi mavzularda tomosh...

Baxtiyor oila qurishni istagan har bir inson ko’rishi shart bo'lgan suhbat! - #37 13.03.2026

Bu suhbatda umr bo‘yi baxtli oila qurish siri, taqdirga rozi bo‘lish falsafasi, ijtimoiy tarmoqlarning oilaga ta’siri va er-xotin o‘rtasidagi muloqot kabi muhim masalalar chuqur muhokama qilinadi. Tomosha qilish orqali siz baxtli oilaning ustunlari, bir-birini xursand qilish san’ati va qanoatning oilaviy barqarorlikdagi o‘rnini yaxshiroq tushunib olasiz. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling...

O’zligimiz boshqalarga o’rnak bo’lsin! - #36 03.03.2026

"Alohida mavzu"ning yangi sonida Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Aziz Rahimov bilan millat yuragi bo'lgan O'zlik mavzusida suhbat tayyorladik. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) - Tizer (00:02:43) - "O‘zbek o‘zligi": Xalq takliflari (00:04:33) - Insoniyat tarixi va madaniyat asosi (00:06:53) - Jamiyatning o‘zini tozalash qonuni (00:08:38) - Madaniyatlardan o‘rnak olish (00:12:03)...

Ramazonda saharlik va iftorlik uchun to'g'ri taomlanish sirlari! - #35 17.02.2026

Bu podkast tana qanday ishlashi, ochlik va ro‘zaning ilmiy asoslangan foydalari haqida aniq va tushunarli ma’lumot beradi. Sog‘lom ovqatlanish, saharlik va iftorni to‘g‘ri tashkil qilish hamda vazn va energiyani nazorat qilishni istasangiz albatta suhbatni tinglang. Suhbatni quyidagi mavzularda tinglang: (00:00:49) - Tana qanday ishlaydi? (00:14:19) - Ochlik foydalari (00:20:08) - To'g'ri bajarilg...

Har bir ota-ona ko'rishi shart bo'lgan ko'rsatuv! - #34 16.02.2026

Bu suhbat farzand tarbiyasidagi real muammolarni ochiq muhokama qiladi, virtual muhit xavflaridan tortib ota va onaning alohida roliga qadar muhim masalalarni yoritadi. Har bir ota-ona uchun amaliy tavsiyalar, xatolarni tan olish va farzand bilan sog‘lom ishonchli munosabat qurish yo‘llari aytiladi. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) - Tizer (00:02:34) - Kirish: Farzand tarbiy...

Nima qilsak bolalar kitob o'qiydi Ota-onalar ko'rishi shart bo'lgan ko'rsatuv! - #33 16.02.2026

Bu podkast O‘zbekistonda bolalar adabiyoti va kitob sanoatining hozirgi holatini chuqur tahlil qiladi, kitob tanlash va bolalarga o‘qish odatini uyg‘otish usullarini muhokama qiladi. Har bir tinglovchi bolalar adabiyotini qo‘llab-quvvatlash, yozuvchilarni tushunish va kitobga muhabbatni qanday shakllantirishni o‘rganadi. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) - Tizer (00:02:30) -...

Oilada janjal bo’lmasin desangiz, bu suhbatni albatta ko'ring! - #32 16.02.2026

Bu suhbatda oiladagi janjalning asl sabablari, erkak va ayol tafovutlari hamda ajrashishgacha olib boradigan bosqichlar ochiq va real misollar bilan tahlil qilinadi. Agar munosabatni saqlab qolish, farzandlarga zarar yetkazmaslik va sog‘lom chegaralarni o‘rnatishni istasangiz, bu epizodni diqqat bilan tinglash kerak. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:02:59) - Janjal nima? (00:15:42)...

Bunday o'ylash sizni kambag'al qiladi! - #31 16.02.2026

Bu podkast moliyaviy ong va qarzlarni boshqarish sirlarini ochib beradi, qarzdan qochish va pulni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini tushuntiradi. Har bir tinglovchi o‘z moliyasini nazorat qilish, islomiy va odatiy moliya farqlarini anglash va investitsiya imkoniyatlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) - Treyler (00:01:11) - Kirish (00:03:09) - Nim...

Kimga uylanish/turmushga chiqish kerak? - #30 14.02.2026

Bu epizod turmush qurish, juft tanlash va oilaviy hayotdagi real qiyinchiliklarni ochiq tahlil qiladi. Agar siz to‘g‘ri juft tanlash va oilaviy hayotda muvaffaqiyatga erishish sirlarini bilmoqchi bo‘lsangiz, albatta bu suhbatni tinglang. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (0:00) - Tizer (1:21) - Kirish (3:16) - Juft tanlashning asl mohiyati nima (4:57) - Oiladagi ajrimlar raqamlarda (11:...

Kelajakda ishsiz qolmaslik uchun bu videoni ko'ring! - #29 14.02.2026

Bu suhbatda sun’iy intellektning kundalik hayot va kasblarga ta’sirini tahlil qiladi hamda AI bilan ishlashda qanday strategiya va ehtiyot choralarini ko'rish muhokama qilinadi. Agar siz AI davrida ishingizni saqlash va undan samarali foydalanishni xohlasangiz, albatta bu suhbatni tinglashingiz kerak. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (0:00) - Treyler (0:55) - Reklama (1:59) - Kirish (4...

Top universitetlarga kirishni istaganlar ko'rishi shart! - #28 14.02.2026

Bu epizod top universitetlarga kirish strategiyasi, grant turlari va imtihonlarga tayyorgarlik bo‘yicha aniq yo‘l xaritasini beradi. Agar chet elda o‘qishni jiddiy rejalashtirayotgan bo‘lsangiz va xatolar sabab imkoniyatni boy bermoqchi bo‘lmasangiz, buni albatta tinglang. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00) - Reklama (1:15) - Kirish (2:26) - Nega top universitetlarni tanlash kera...

Bu suhbatni eshitib O'zlik kitobi yozilishiga hissa qo'shing - #27 14.02.2026

Bu suhbat yo‘qolib borayotgan urf-odatlar, milliy qadriyatlar va odob-axloq masalasini ochiq tahlil qiladi. Agar zamonaviylik bilan asl qadriyatlarni saqlab qolishni istasangiz, bu suhbatni albatta tinglang. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00) - Treyler (01:07) - Reklama faoliyatimiz davomli bo‘lishida yordam beradi (01:56) - Kirish (02:28) - Qaysi urf-odatlar va qadriyatlarimiz y...

Hozir qiynalayotganingiz - sizning yutug‘ingiz, yoshlar uchun yo'l xaritasi! - #26 14.02.2026

Bu epizod yoshlarning maqsad, muhit va to‘g‘ri qarorlar orqali hayotini qanday shakllantirishi mumkinligini ochiq va amaliy misollar bilan tushuntiradi. Agar siz rivojlanishni jiddiy istasangiz va noto‘g‘ri tanlovlar sabab vaqtingizni yo‘qotishni xohlamasangiz, bu suhbatni albatta eshitishingiz kerak. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00) - Treyler (02:07) - Yoshlar qanday rivojlani...

Ozishni istaganlar ko'rishi shart! - #25 14.02.2026

Bu epizod semizlikning asl sabablari, kaloriya tushunchasi va noto‘g‘ri qarashlarni ilmiy asos bilan tahlil qiladi. Agar ozishni xohlasangiz, lekin navbatdagi behuda diyeta emas, balki mantiqli va ishlaydigan yondashuvni tushunmoqchi bo‘lsangiz, buni eshitishingiz kerak. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00) - Treyler (01:39) - Reklama loyihani davomli bo‘lishida yordam beradi (02:3...

Kambag'allikdan qutula olamizmi? - #24 14.02.2026

Bu suhbat kambag‘allik, migratsiya va tizimli muammolarni ochiq tahlil qilib, jamiyatdagi real sabablarni ko‘rsatib beradi. Agar siz muammoning ildizini tushunib, yuzaki gaplardan chiqib ketmoqchi bo‘lsangiz, bu suhbatni albatta tinglashingiz kerak. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00) - Treyler (2:18) - Kirish (3:17) - Qachon inson kambag‘al deb hisoblanadi? (14:56) - Kambag‘allik...

Hayot maktabdan keyin boshlanadi! - #23 10.02.2026

Ushbu son orqali maktabni tugatgandan keyin qanday yo‘l tutish kerakligi, soha tanlash va hayotdagi muvaffaqiyatga erishish sirlari muhokama qilinadi. Suhbatni tomosha qilish orqali hayotingizni rejalashtirish, o‘z kuchli tomonlaringizni aniqlash va haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘llarini bilib olasiz. Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qiling: (00:00:00) - Treyler (00:02:08) - Maktabni bitird...

Listen to the Alohida mavzu podcast in Replaio

Radio and podcasts in one app - free, with no sign-up. Install today and do not miss the launch

Get it on Google Play

Replaio is not a podcast publisher; show names, artwork and audio belong to their authors and are distributed through public RSS feeds.