Qizlar Collective

Befarq Onalar

Befarq Onalar - onalar va ayollar uchun ko’mak va yangi bilimlarga boy podkast. Mo’tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova o’zlari kabi qiziquvchan va ona bo’lgan tajribali mutaxassislar bilan suhbat olib boradilar. Loyihaning asosiy maqsadi — onalik yo’lida birlashib, bu yo’lni to’g’ri va osonroq bosib o’tishda ko’maklashish. Instagram: @befaqr_onalarHamkor bo’lish uchun : qizlar@protonmail.comQo’llab quvvatlayotgan: Qizlar CollectiveMusiqa bastalagan: AmaliaIjodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil

Auteur

Qizlar Collective

Catégorie

Society

Site du podcast

befarqonalar.mave.digital

Dernier épisode

26 mars 2025

Où écouter ?

Les podcasts dans l'appli Replaio Radio Bientôt disponible

Les podcasts arrivent très bientôt dans l'appli. Installe-la dès maintenant et découvre en avant-première une toute nouvelle façon de vivre les podcasts

Télécharger sur Google Play Installe-la gratuitement Android 5 M+ de téléchargements · note de 4,8 iOS bientôt

Épisodes

Nusrat Valiyev: Sport – bolalar salomatligi asosi 26.03.2025

Podkastimizda yangi mehmon sport faxriysi, dzyudo sport murabbiysi Nusrat Valiyev bo’ladilar. Ular bilan, sport hayotida bosib o’tgan yo’llari va murabbiylik faoliyatlari haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida mehmonimiz: bolalar sport bilan shug’ullanishi nega muhim; sport bilan shug’ullanish nafaqat jismoniy, balki ruhiy tetiklik beradi; dzyudo sport turi haqida; dzyudoning falsafasi va boshqa sp...

Ismatov Botir Turabaevich: Bolalarda yurak porok kasalligi 15.02.2025

Bugungi mehmonimiz bolalar yurak kasalliklari bo’yicha oliy toyifali shifokor kardiolog Botir Ismatovich. Suhbat davomida - bolalarda yurak porogini erta aniqlash - homiladorlik davomida tekshiruvlardan o’tish - yurak kasalliklari va horij tajribasi - shifokrdan yurak porogi bilan hastalangan bolalarga va ularning ota-onalariga maslahatlar Informatsiyaga boy va muhim podkast bo’lganiga ishonamiz a...

Charos Kamalova: Karyera va oila 15.01.2025

Hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri ayollarning hayotida karyera va oilani balansda olib borishdir. Bizning bugungi mehmonimiz esa barchaga birdek sevimli bo'lgan Charos Kamalova Hobbidan biznesgacha bo’lgan yo’l haqida — Charos o'zining qiziqishlarini qanday qilib kasbga aylantirganini va bu jarayonda qanday qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz kelganini o'rtoqlashadi. Farzandlaringiz bilan iliq va...

Munis Nur: Bolalarda san’atga bo’lgan muhabbat 27.11.2024

San’at hayotimizming juda muhim qismi bo’lib, qay bir yo’nalishida ijod qilinmasin fikrlash, fantaziya va kreativlikni oshiradi. Bolalarni kichik yoshlaridan san’at bilan tanishtirish ularning kelajakdagi barcha sohalarda o’z o’rnini topishga, masalalarga turli burchakdan turib baho berishga, hayotni turli va yorqin ranglarda ko’rishga o’rgatadi. Bugungi, sizga taqdim etiladigan sonda  1) bolalard...

Dilfuza Kurolova: Ayol va huquq 10.10.2024

Siz o’z huquqlaringizni bilasizmi? Uzoq kutilgan "Befarq onalar" podkastining yangi soni Ayol va uning huquqlariga bag’ishlangan. Bizning mehmonimiz inson huquqlari bo’yicha mutaxassis va yurist Dilfuza Kurolova bo‘ldi. Ushbu son davomida biz quyidagi mavzularda suhbatlashdik: • Onalik • Inson huquqlari • Qonunlardagi o’zgarishlar va boshqa dolzarb masalalar Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xush...

Madina Muminova: Bolalar va kitob 23.09.2024

Sizni uzoq kuttirmagan holda, yangi mavsumning ilk mehmoni Madina Muminova bilan bo‘lib o‘tgan maroqli hamda sermazmun suhbatni taqdim etishga tayyormiz. Serqirra ijodkor, rejissyor, yozuvchi, iste’dodli ssenarist va ekologiya mavzusidagi kitoblar to‘plami muallifi Madina Muminova sizga ❣️ bolalarda kitobga mehrni oshirish, ❣️ farzand tarbiyasidagi asosiy tamoyillar, ❣️ ijod va bolalarda ilmga bo‘...

Lor shifokor bilan suhbat 23.06.2024

Bugun sizning e’tiboringizga lor shifokor Nilufar Usmanova bilan bo’lib o’tgan suhbatni taqdim etamiz. Barcha ota onalarni qiynab kelayotgan quloq, tomoq va burun kasalliklari farzandlarimizning ilk kunlaridanoq bizni havotrga solib turuvchi masalalardan ekani sir emas. Bugun biz ba’zi bir miflarga shifokor fikrini tinglabgina qolmay, barcha savollarga javob topishingizga umid qilamiz.  - Tomoq so...

Jinsiy tarbiya 09.06.2024

Ushbu sonda barchamiz uchun juda muhim bo’lgan mavzu, jinsiy tarbiya haqida suhbatlashdik. Har bir ota-ona farzandlari xavfsizligi, jismomiy va psixologik sog’lig’i haqida qayg’uradi. Ular bilan vaqtida qilingan suhbatlar va o’zaro ishonch bolalarni tashqi ta’sirlardan himoya qilishi hech kimga sir emas  - jinsiy tarbiya qachondan boshlanadi?  - bu mavzu haqida kim tushuncha berishi kerak?  - ichk...

Multfilmlarsiz ovqatlanamiz 26.05.2024

Befarq onalar podkastining kutilgan sonlaridan biri, “Multiklarsiz ovqatlanimiz” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, biz juda dolzarb bo’lgan savollarga to’xtaldik. - Nega bolalarga ovqatlanish paytida multfilmlar qo’yib berish taqiqlanadi? - Ovqatlanishi izidan chiqqan bolalar bilan qanday ishlash kerak? - Shirinliklar berish qanchalik to’g’ri? - O’yin tariqasida ovqatlantirish mumkinmi? Ko’plab shu...

Ginekolog bilan suhbat 27.04.2024

Befarq onalar podkastining bu sonida genekolog mutahassisini taklif qilib qilib obunachilarimiz uchun qiziq bo’lgan quyidagi mavzularda suhbat qildik: - homiladorlikka qanday tayyorgarlik ko’rish kerak? - homiladorlik davrida qilinishi kerak va kerakmas bo’lgan holatlar haqida; - homiladorlik davridagi har birimiz duch keladigan miflar haqida; hamda yana ko’plab foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdi...

Tug'ruqdan keyingi depressiya 16.04.2024

Befarq onalar podkastining bugungi soni Tug’ruqdan keyingi depressiyaga atalgan bo’lib, nafaqat onalar balki atrofingizda yaqinda ona bo’lgan tanishlari borlarga ham juda foydali bo’lishiga ishonamiz - depressiya qanchalik jiddiy bo’lishi mumkin - depressiyaga tushgan ayolga qanday yordam berish kerak - nega tushkunlikdagi onaning holatini qadrsizlantirish mumkin emas - depressiya saratondan ham o...

Nutq kechikishi 30.03.2024

Podkastimizning bugungi, sizga taqdim etilayotgan sonida Bolalardagi nutq kechikishi to’g’risida suhbat olib boramiz. - nima sabablardan nutq kechikadi - qachon shifokor ko’rigiga borish tavsiya qilinadi - qanday belgilar norma yoki norma emas - nutqni rivojlantirish uchun qaysi metodlardan foydalanish kerak Va boshqa ko’plab foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar...

Isterika 16.03.2024

Befarq onalar podkastining ushbu soni bolalardagi isterikaga bag’ishlandi. Sizning sevimli blogerlaringizdan biri, o’zining tog’riso’z va samimiyligi bilan mehr qozongan Sitora Isakova bizning mehmonimiz.  ⁃ isterika o’zi qanday sodir bo’ladi?  ⁃ bola manipulyatsiya qila oladimi?  ⁃ bunday holatlarda kattalar qanday yordam berishi to’g’ri bo’ladi?  ⁃ onalarga ham psixologik yordam kerakmi? Shu kab...

Ayollarga minnatdorchilik 08.03.2024

Aziz ayollar, Befarq onalar jamoasi sizlarni bayram bilan tabriklaydi. Ushbu bayramda sizga mustahkam sog’liq, ishlaringizda rivoj, ko’zlaringiz baxtdan doim chaqnab turishini, qalbingiz esa mehr-muhabbatga to’la bo’lishini tilab qolamiz. Har birimiz, ona, opa-singil, kelin, ayol hamkasb va eng avvalo bir birmizga do’stmiz. Biz ayollar bir-birimizni doim qo’llab-quvvatlashimiz juda muhim, zero ayo...

Ona suti. Tabiiy parvarish. 02.03.2024

Eng katta qiziqish bilan kutilgan sonlarimizdan biri “Ona suti va tabiiy parvarish” Mehmonimiz tajribali shifokor-laktolog Nafisa Sabirovna, ona suti tog’risida barcha ma’lumotlar bilan bo’lishibgina qolmay ba’zi miflarga ham oydinlik kiritdilar. Bu sonda biz:  ⁃ ona suti va uning foydasi  ⁃ ona suti bilan ozuqlantirishning onaga foydasi  ⁃ ona suti zarar bo’lishi mumkinmi?  ⁃ chaqaloqlarni birinc...

Ona va bolaning sog’lom uyqusi 17.02.2024

Befarq onalar ning bugungi soni “Ona va bolaning sog’lom uyqusi” ga bag’ishlangan bo’lib, mehnonimiz bolalar uyqusi bo’yicha ekspert Parizod Bekirova bilan suhbat YouTube va boshqa platformalarda siz uchun tayyor. Ushbu sonida biz:  ⁃ bolalarning uyqu rejimi;  ⁃ uyqudagi o’zgalishlar (regresslar);  ⁃ bolalar uyqusi uning rivojlanishiga ta’siri;  ⁃ tavsiya etilmaydigan uyqu preparatlari; kabi ko’pl...

Bog’chaga adaptatsiya. Yumshoq tarbiya 02.02.2024

Hozirda eng dolzarb mavzulardan biri bolalar bog’chasi bo’lib, u ko’plab ota-onalarni qiynab kelmoqda. Shuningdek, katta bahs va munozalarga sabab bo’layotgan yumshoq tarbiya haqida suhbatni taqdim etamiz. -Qanday bog’cha tanlash kerak? -Farzandimiz kelajagiga bog’chalar qanday ta’sir qiladi? -Bog’cha tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim? -Bolaga yumshoq tarbiya kerakmi yoki qattiq qo’llik?...

BLW. Ovqatlanishning bolalar sog’lig’iga ta’siri. 19.01.2024

Birinchi ko’rsatuvimizni bolalar ovqatlanishiga bag’ishlashni xohladik. Oramizda juda ko’p onalarni aynan taomlanishdagi muammolar, shirinlikka o’rganib qolish, umuman bolaga qaysi yoshda qanday mahsulot berish kabi mavzular ikkilantiradi va izlanishga undaydi.  Ko’rsatuvda quyidagi masalalarga o’z e’tiborimizni qaratdik: - tog’ri ovqatlanish bolalar sog’lig’iga qanchqlik ta’sir qiladi? - bolalar...

Écoute le podcast Befarq Onalar sur Replaio

La radio et les podcasts dans une seule appli - gratuite, sans inscription. Installe-la dès aujourd'hui et ne rate pas le lancement

Télécharger sur Google Play

Replaio n'est pas éditeur de podcasts ; les noms des émissions, les visuels et l'audio appartiennent à leurs auteurs et sont diffusés via des flux RSS publics